ISHONCHLI HAMKOR!

Biznesingiz barqaror, xavfsiz va uzluksiz ishlashini ta'minlash uchun innovatsion, ishonchli va tezkor IT yechimlarni taqdim etishga intilamiz.

ALOQA UCHUN

Obuna bo'ling

Biznesingiz uchun
Ishonchli &
xavfsiz IT xizmatlar

Zamonaviy texnologik jarayonlar uchun eng ilg'or yechimlar

Biznesingiz IT tizimini
bosqichma- bosqich rivojlantiramiz.

Har bir biznes o'ziga xos, shuning uchun bizning yechimlarimiz ham individualdir.
Quyida tajribamizni sizning talab va ehtiyojlaringizga qanday moslashtirishimiz bilan tanishing.

Loyihani boshlashdan avval kompaniyangizning mavjud IT-infratuzilmasi, ichki jarayonlari va biznes ehtiyojlarini chuqur o'rganamiz. Tizimdagi zaif nuqtalarni aniqlab, optimallashtirish va o'sish uchun eng samarali texnologik yechimlarni belgilab olamiz.

Tahlil natijalariga asoslanib, mukammal IT-strategiya ishlab chiqamiz. Bu jarayon biznes maqsadlaringizga to'liq mos keluvchi tizimlar, tarmoqlar va dasturiy ta'minotni loyihalashni o'z ichiga oladi.

Tasdiqlangan reja asosida tasdiqlangan IT yechimlar, dasturiy ta'minot va infratuzilmani amaliyotga tadbiq etamiz. Barcha jarayonlar biznesingizning kundalik ish faoliyatiga xalaqit bermagan holda, yuqori tezlik va xavfsizlik standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Joriy etilgan tizimlarning barqarorligi, xavfsizligi va unumdorligini ko'p bosqichli testdan o'tkazamiz. Tizim mukammal va xatosiz ishlagandan so'nggina loyihani yakunlaymiz .

Xizmatlarimiz

Innovatsion g'oyalardan — ishonchli va barqaror IT-yechimlargacha

Veb-saytlar
ishlab chiqish

Biznesingiz uchun yuqori tezlikda ishlovchi korporativ saytlar, internet-do'konlar va murakkab veb-loyihalarni noldan sifatli yaratamiz.

KORPORATIV SAYT E-COMMERCE LANDING PAGE

Mobil ilovalar
yaratish

iOS va Android platformalari uchun tezkor, xavfsiz va foydalanuvchilar uchun qulay zamonaviy mobil ilovalar ishlab chiqamiz.

iOS & ANDROID FLUTTER MOBIL YECHIMLAR

SMM va raqamli
marketing

Ijtimoiy tarmoqlarda brendingizni tanitish, maqsadli auditoriyani jalb qilish va savdo hajmini oshirish bo'yicha kompleks strategiyalarni olib boramiz.

TARGETING BRENDING KONTENT MARKETING

Bulutli xizmatlar
(Cloud Services)

Ma'lumotlar xavfsizligi va uzluksiz ishlashni ta'minlovchi bulutli infratuzilmalarni joriy etamiz, serverlarni sozlaymiz va barqarorlikni kafolatlaymiz.

SERVERLARNI BOSHQARISH Hosting & VPS

UI/UX
dizayn loyihalash

Foydalanuvchilar uchun intuitiv tushunarli, zamonaviy va mantiqiy interfeyslarni loyihalaymiz. Mahsulotingiz ko'rinishini eng yuqori darajaga olib chiqamiz.

VEB DIZAYN PROTOTIPLASH

Biznesingiz uchun eng maqbul IT yechimni ekspertimiz bilan birga tanlang

http://brand

Biz haqimizda

Zamonaviy IT kompaniyamiz veb-saytlar va mobil ilovalar ishlab chiqishdan tortib, bulutli serverlar arxitekturasi hamda intuitiv UI/UX dizayn yechimlarni taqdim etadi.
Biz shunchaki kod yozmaymiz, balki biznesingizning kundalik operatsiyalarini tezkor, xavfsiz va uzluksiz ishlashini ta'minlovchi barqaror texnologik ekotizim yaratamiz.

7+

Yillik
tajriba

35+

Muvaffaqiyatli
loyihalar

Amaldagi keyslar

Bizni boshqalardan ajratib turuvchi eng muvaffaqiyatli loyihalarimiz

The Professional Theft

Digital Art

The Mastermind Heist

Digital Art

The Shadow Larcenist

Digital Art

The Elite Burglar

Digital Art
Website Development
Flutter
Cloud Services
SMM
Data Security
UI/UX Design
IT Consultation
Data Security
Website Development
Cloud Services
UI/UX Design
Cybersecurity
Networking Solution
Biz bilan hamkorlik afzalliklari

Barqaror o'sishingizni
kafolatlaymiz.

Biznesingizni bozor yetakchisiga aylantiring

Bozorda o'z o'rningizni mustahkamlash, yangi mijozlarni jalb qilish va daromadingizni barqaror o'stirishga yordam beruvchi ilg'or strategiyalarni joriy etamiz.

Moliya oqimini barqaror o'stiring

Xarajatlarni optimallashtirish, keraksiz xarajatlarni aniqlash va biznes jarayonlarini avtomatlashtirish orqali daromadingizni ko'paytirishga ko'maklashamiz.

Natijani maksimal darajaga ko'taring

Jamoangizning ish jarayonlarini tahlil qilib, unumdorlikni oshirish, xatolarni kamaytirish va samaradorlikni maksimal darajaga ko'tarish uchun ilg'or texnologiyalarni joriy etamiz.

FAQ

Ko'p beriladigan savollar

Har bir loyihaning narxi uning murakkabligi, texnik talablari, funksionalligi va sarflanadigan ish soatlariga qarab individual hisoblanadi. G'oyalar va talablarni o'rganib chiqqanimizdan so'ng, aniq smeta va tijorat taklifini taqdim etamiz.

Kichik va korporativ saytlar o'rtacha 2–4 hafta, murakkab veb-tizimlar va mobil ilovalar esa loyiha hajmining kattaligiga qarab 2 oydan 6 oygacha vaqt talab qilishi mumkin. Aniq muddat texnik topshiriq (TZ) tasdiqlangandan so'ng belgilanadi.

Albatta! Tizim muvaffaqiyatli ishga tushgandan so'ng ham uning barqaror va xatosiz ishlashi, maxsus yangilanishlar hamda ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash bo'yicha uzoq muddatli hamkorlikni taklif etamiz.

Shunchaki loyiha haqidagi umumiy g'oya va biznes maqsadlaringizni aytib berishingizning o'zi kifoya. Tahlilchilarimiz texnik topshiriq tuzish, dizayn prototiplari hamda tizim arxitekturasi bo'yicha barcha masalani o'z zimmasiga oladi.

Ha, har bir loyiha uchun qulay va intuitiv boshqaruv paneli (CMS/Admin panel) yaratib beriladi. Buning yordamida sayt yoki ilova matnlarini, rasm va tovarlarni dasturlash bilimisiz ham oson o'zgartira olasiz. Jamoangizga tizimdan foydalanish bo'yicha to'liq ko'rsatma beramiz.