ISHONCHLI HAMKOR!

Biznesingiz barqaror, xavfsiz va uzluksiz ishlashini ta'minlash uchun innovatsion, ishonchli va tezkor IT yechimlarni taqdim etishga intilamiz.

ALOQA UCHUN

Obuna bo'ling

1. Figma

Mening eng sevimli instrumentim. U real vaqt rejimida loyihalashtirish, prototiplar yaratish va boshqa dizaynerlardan fikr-mulohazalar olish imkonini beradi. U brauzerda ham, Windows, Mac yoki Linux’da ham ishlaydi va kuchli kompyuter talab qilmaydi. Fodalanishda juda oddiy, uni o’rganish uchun ko’p vaqt sarflamaysiz. Aytgancha, ushbu postlar dizaynini ham men Figma’da yaratganman.

2. Photoshop

Adobe Photoshop — bu tasvirlar va video fayllar bilan ishlash imkonini beruvchi ko’p funksiyali tahrirlagich. U deyarli hammaga tanish. Grafik tahrirlagichdan shaxsiy hamda tijorat maqsadlarida faol foydalaniladi. Uni dizaynerlar, kinematoqraflar, o’yin va reklama roliklari yaratuvchilari ishlatishadi. Figma bilan tanishgunimcha u men uchun birinchi o’rinda edi.

3. Adobe XD

Adobe XD — foydalanuvchi interfeysini ishlab chiqish, loyihalashtirish, interaktiv dizayn, prototiplash va ilovalarning batafsil dizaynini yaratish uchun mukammal vektor tahrirlagich. U yakkaxon dizaynerlar uchun ham, jamoaviy ishlash uchun ham mos keladi. Qulay interfeysga ega. Undan asosan WordPress va Elementor bilan ishlashda foydalanaman.

4. Elementor Pro

Elementor PRO — bu vizual sahifa konstruktori funksiyasini bajaruvchi, WordPress uchun eng mashhur plaginlardan biri. Elementorda hech qanday maxsus bilim va tajribasiz, shunchaki tayyor bloklarni sudrash orqali saytning chiroyli va funksional sahifalarini yaratish imkonini beradi.

5. Webflow

Ilg’or darajadagi konstruktor, unda korporativ saytlar, internet-do’konlar, mahsulot lendinglari va boshqa bir sahifali saytlarni taxlash (verstka qilish) mumkin. Unda imkoniyatlar juda ko’p. Shu bilan birga, sayt yaratish uchun dizaynerga dasturchining yordami kerak bo’lmaydi. Ammo bazaviy HTML va CSS bilimlarisiz buning uddasidan chiqib bo’lmaydi. Lekin bu dasturchilar bilan ishlaganingizda ham juda foydali!

Xo’sh, qaysi biri yaxshiroq?

Javob: Har birining o’ziga xos xususiyati bor!

Men ular o’rtasida tanlov qilishimga to’g’ri kelmaydi, chunki har biri o’z vazifasini a’lo darajada bajaradi! Ularning birida muqovani kesib olish, chizish, eskizlar qilish osonroq bo’lsa, boshqasida — prototiplash, chizmalar, saytlar va hokazo.

Lekin shuni ayta olamanki, vazifalarimning aksariyatini Figma’da bajaraman. U qulay! U bepul! Unda o’z mahsulotingiz uchun tayyor yechimlardan tezda foydalanish imkonini beruvchi ulkan hamjamiyat (kommyuniti) mavjud.