ISHONCHLI HAMKOR!

Biznesingiz barqaror, xavfsiz va uzluksiz ishlashini ta'minlash uchun innovatsion, ishonchli va tezkor IT yechimlarni taqdim etishga intilamiz.

ALOQA UCHUN

Obuna bo'ling

Kompaniya turnirga atab, muxlislarni jalb qilishga qaratilgan yangi brendingni taqdim etdi. (Foto: Design Week)

Coca-Cola futbol bo’yicha Jahon chempionatiga bag’ishlangan yangilangan vizual uslubni namoyish etdi. Kampaniyaning diqqat markazidan — qadoqlardagi hududiy naqshlar va reklamadagi muxlislarning jo’shqin his-tuyg’ulari joy olgan. Bu haqda Design Week nashri xabar bermoqda.

Turnirning rasmiy hamkori bo’lmish ichimliklar qatoriga geometrik naqshli yangi seriya qo’shildi. Dizayn har bir mintaqaning o’ziga xos ranglar palitrasini aks ettiradi. Har bir qadoq chempionatda ishtirok etayotgan mamlakatlardan birini gavdalantiradi va uning uch harfli kodini (masalan, Argentina uchun ARG) o’z ichiga oladi.

«Butun jamoani to’pla» reklama kampaniyasi doirasida, butun dunyo bo’ylab futbol muxlislarining qiziqishini oshirish maqsadida qadoq dizaynida milliy bayroqlarning noyob motivlaridan foydalanilgan, — deyiladi maqolada.

 

Kreativ qadoqlash bilan bir qatorda, Coca-Cola muxlislarning emotsiyalariga ham katta e’tibor qaratgan. Design Week nashrining qo’shimcha qilishicha, reklama roliklarida muxlislar «o’yinning eng hal qiluvchi lahzalarida» xursandchilik bilan hayqirib, brendning klassik shisha idishidan ichimlik ichayotganini ko’rish mumkin.

Kampaniyaning asosiy shiori: «Bularning barchasini Coca-Cola bilan his et» (Feel It All With Coca-Cola).