ISHONCHLI HAMKOR!

Biznesingiz barqaror, xavfsiz va uzluksiz ishlashini ta'minlash uchun innovatsion, ishonchli va tezkor IT yechimlarni taqdim etishga intilamiz.

ALOQA UCHUN

Obuna bo'ling

Oktyabr oyi oxirida uzoq kutilgan Adobe MAX 2025 konferensiyasi bo’lib o’tdi. Adobe o’z ekotizimiga sun’iy intellektni (AI) integratsiya qilish yo’lida haqiqatan ham ulkan qadam tashladi. Yangilanishlar shu qadar ko’pki, Adobe Creative Cloud tizimi AI funksiyalari bilan to’liq qamrab olindi desak, mubolag’a bo’lmaydi. Keling, eng asosiy yangiliklarni batafsil ko’rib chiqamiz.

Adobe Express’dagi AI-agentlar

Ko’rib chiqishni Adobe Express servisidan boshlaymiz. Qisqa qilib aytganda, bu dizaynerlar uchun Canva’ning Adobe tomonidan yaratilgan muqobilidir.


Endilikda Adobe Express AI-agentlarga ega bo’ldi. Bu xuddi Figma Make vositasiga o’xshaydi: siz shunchaki kerakli dizaynni matn orqali so’rov sifatida kiritasiz, sun’iy intellekt esa uni avtomatik ravishda artbordda yaratib beradi.

Bundan tashqari, Adobe Express to’g’ridan-to’g’ri ChatGPT ichiga ilova sifatida integratsiya qilindi. Ya’ni, siz ChatGPT ichida turib Adobe Express kutubxonasi asosida dizayn generatsiya qilishingiz, so’ngra Express’ga o’tib kerakli tahrirlarni amalga oshirishingiz mumkin. Yakuniy dizaynni esa Adobe’ning istalgan boshqa dasturlariga eksport qilish imkoniyati qo’shildi.

Firefly modelining yangilanishi

Adobe o’zining Firefly modelini rivojlantirishdan to’xtamayapti. Konferensiyada yangi Adobe Firefly Image 5 modeli anons qilindi.

  • Yuqori aniqlik: Generatsiya qilinadigan tasvirlar ruxsati (resolution) sezilarli darajada oshirildi.

  • Jamoaviy ishlash: Bir nechta generatsiyalarni jamlash va hamkasblar bilan birgalikda ishlash uchun yangi artbord qo’shildi.

  • Ovozli video: Endi Firefly’da ovozli videolarni generatsiya qilish mumkin. Ovozni yaratish uchun uchinchi tomon – ElevenLabs modelidan foydalanilmoqda.

Photoshop: Nima yangiliklar?

Photoshop bir nechta ajoyib yangilanishlarga ega bo’ldi. Eng asosiysi – hozirgi kunda bozordagi eng yaxshi vositalardan biri bo’lgan Topaz upscaler dasturi to’g’ridan-to’g’ri Photoshop’ga integratsiya qilindi. Sun’iy intellekt orqali yaratilgan rasmlar ko’pincha kichik o’lchamda bo’ladi, endi esa ularning sifatini bir klik bilan oshirish mumkin

 

Shuningdek, Photoshop ichiga boshqa kompaniyalarning neyrotarmoqlari ham qo’shildi (masalan, Google’ning Nano Banana modeli).
Boshqa qulayliklardan:

Harmonize funksiyasi: Qatlamlarning (layer) ranglarini avtomatik to’g’irlab, atrof-muhitga moslashtirib beradi.


Yangi tahrir qatlamlari, yaxshilangan Select subject (obyektni tanlash) va dinamik matn vositalari taqdim etildi.

Premiere Pro yangilanishlari Barcha videomontaj ustalari kutgan asosiy yangilik – Object selection (obyektni tanlash) vositasi endi Premiere Pro dasturining o’zida mavjud! Ortiqcha rotoskopiya va After Effects’da soatlab vaqt sarflashga hojat qolmadi.

Boshqa kichik yangilanishlar qatoriga yangi effektlar, videodagi nojo’ya so’zlarni (so’kinishlarni) avtomatik ravishda olib tashlash va Adobe Stock kutubxonasi bilan yaxshilangan aloqadorlik kirdi.

Xulosa o’rnida

Adobe o’z mahsulotlariga bugungi kundagi mavjud eng yaxshi neyrotarmoqlarni maksimal darajada integratsiya qilmoqda. Garchi kompaniya o’zining shaxsiy AI modellarini yaratishda raqobatchilardan biroz ortda qolayotgan bo’lsa-da, bu yangilanishlar chinakamiga maqtovga loyiq. Sun’iy intellekt tobora kasbimizning ajralmas qismiga aylanib bormoqda va buni to’g’ri tushungan holda o’z ish jarayonlarimizga tatbiq etishimiz muhimdir.